3D dunyo yuklanmoqda…
Veb dasturchi. Saytlar va to‘liq ishlaydigan veb platformalar yarataman. G‘oyadan tayyor natijagacha.
// ishlarim
Hozir internetda ishlab turgan, o'zim noldan qurgan loyihalar.
Brauzerda o'ynaladigan o'yinlar platformasi — yuklab olishsiz, bir bosishda.
Shaxsiy moliya platformasi: kirim-chiqim hisobi, byudjet, maqsadlar va qarzlar nazorati.
Telegram orqali savdo qilish uchun bot — katalog, buyurtma va boshqaruv.
Xitoydan saralangan qiziqarli va foydali mahsulotlar onlayn do‘koni — katalog, oldindan buyurtma va O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish.
Matnni kirill va lotin yozuvlari orasida, yangi lotin alifbosiga ham o‘giradi. Matn brauzerning o‘zida ishlanadi.
Chorvachilik hisobi uchun veb ilova — mollar ro‘yxati, sut va xarajatlar hisobi bir joyda.
Grafik dizayner uchun portfolio sayt — brending, SMM va reklama dizayni ishlari.
// nima qilaman
Asosiy yo‘nalishim: veb saytlar va veb ilovalar. Shuningdek, Telegram botlar, AI videolar va turli AI xizmatlarini ham tayyorlayman.
Istalgan turdagi veb platformalarni yarataman. Ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy kabinet, admin panel, statistika va ma’lumotlar bazasi kabi funksiyalar bilan to‘liq ishlaydigan tizimlar.
Istalgan turdagi veb saytlarni yarataman. Biznes, xizmat, portfolio, shaxsiy loyiha yoki boshqa maqsadlar uchun zamonaviy, tez ishlaydigan va barcha qurilmalarga mos saytlar.
Sayt yoki platformangiz bilan bog‘langan Telegram botlar ham yarataman. Buyurtma, xizmat ko‘rsatish, ma’lumot olish va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
AI yordamida videolar va turli sun’iy intellekt xizmatlarini tayyorlayman. Reklama, kontent va biznes jarayonlari uchun zamonaviy AI yechimlar.
// keyingi qadam
G'oyangizni yozing — birgalikda ishlaydigan mahsulotga aylantiramiz.